Toshkentda
Pediatr va Neonatolog xizmatlari 24/7
Pediatr farzandingizning sog‘lom va baxtli o‘sishiga yordam beradi! Farzandingiz yaxshi pediatr nazoratida bo‘lsa, uning sog‘lig‘idan xotirjam bo‘lishingiz mumkin!
ISH VAQTI
Biz 24/7 ishlaymiz. Shuning uchun sizga qulay vaqtni tanlash oson bo‘ladi.
INDIVIDUAL YONDASHUV
Har bir bemorga individual yondashuv va yuqori sifatli xizmatni kafolatlaymiz!
QULAYLIK VA E'TIBOR
Biz kompleks diagnostika o'tkazamiz, bunda turli ixtisoslikdagi shifokor-pediatrlar ishtirok etadi.
Pediatr mutaxassislar
Matqurbanova Dilrabo
Pediatr-Neonatolog
7 yillik ish tajribaga ega yetakchi mutaxassis
- +998 78 555 15 64
Abduazimova Nodira
Pediatr
15 yillik ish tajribaga ega yetakchi mutaxassis
- +998 78 555 15 64
Vatan Tibbiyot Markazi klinikasida Pediatr qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Bolalar klinikasi yosh bemorlarning kasalliklarini davolash va ularning rivojlanishini oldini olishga ixtisoslashgan.
Biz quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:
- Zamonaviy diagnostika – qon tahlili, EKG, UTT, funksional testlar. Sifat nazorati qattiq rioya qilgan holda;
- Kasalliklarni diagnostikasi va davolash – infeksion va noinfeksion kelib chiqishidan qat’i nazar, isbotlangan tibbiyot tamoyillari asosida;
- Murakkab holatlarda shifokorlarning maslahatlari – hamkorlikda yechim topish;
- Masofaviy telemeditsina konsultatsiyalari;
Tajribali shifokorlar farzandingizni eng yoqimsiz tibbiy jarayonlar, masalan, qon olish kabi protseduralardan hech qanday og‘riqsiz o‘tishini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘radi.
Farzandingiz sog‘lig‘iga e’tibor qiling – biz esa malakali yordam va to‘g‘ri davolashni kafolatlaymiz.
Qachon farzandingizni pediatr qabuliga olib kelish kerak?
Agar farzandingizda kasallik alomatlari yoki odatdagi xatti-harakatlardan chetlanish kuzatilsa, darhol bolalar shifokoriga murojaat qilish kerak. Quyidagi holatlar tashvishga sabab bo‘lishi mumkin:
- Apatiya, haddan tashqari uyquchanlik, ishtahaning pasayishi, vazn yetishmovchiligi;
- Tana haroratining oshishi;
- Teri o‘zgarishlari, toshmalar, qichishish;
- Shamollash, quloq, tomoq va burun kasalliklari belgilari;
- Burundan ajralmalar, yo‘tal;
- Yig‘loqchanlik, uyquning buzilishi, uzoq davom etadigan sababsiz yig‘lash, og‘riqdan shikoyat qilish;
- Bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i.
Ba’zan bola o‘z holatini ifodalashga qiynaladi, shuning uchun ota-onalar uning salomatligini kuzatib borishlari va holati nazorat qilishlari zarur. O‘z vaqtida Vatan Tibbiyot Markazi bolalar klinikasiga yoziling yoki uyga pediatr chaqirtiring.
Pediatriya xizmatlari narxlari:
- Pediatr qabuliga yozilish (birlamchi)160 000 сўм
- Takroriy qabul:60 000 сўм
Pediatriya shifokorlari haqidagi
fikr-mulohazalar
Vatan Tibbiyot Markazi
Xususiy Klinika
«Vatan Tibbiyot Markazi»
Manzil: Uchtepa tumani, 26-kvartal, 24a/1-uy, 1-qavat
Mo‘ljal: Oqtepa Lavash yonida
Ish vaqti:
Dushanbadan yakshanbagacha — 24 soat davomida
- +998 (78) 555-15-64
- Vatantibbiyotmarkazi@gmail.com
- https://vatantibbiyot.uz
