...

Vatan Tibbiyot Markazi — Salomatlik sirlari

Jinsiy aloqada erta bo’shanish — sabablari, turlari, davolash usullari, oldini olish

Olimlarning ta’kidlashicha, sayyoramizdagi erkaklarning uchdan bir qismi jinsiy aloqada erta bo’shanish bilan duch keladi. Va, ehtimol, bu yakuniy ma’lumotlar emas — ko’pchilik kuchli jinsiy vakillar bunday muammolar haqida gapirishdan tortinishadi va ularni ovoza qilishmaydi. Erkak jinsiy aloqa paytida 25 ta harakatni amalga oshirishidan oldin urug’ otilishi sodir bo’lsa, bu jinsiy aloqada tez bo’shlnish deb hisoblanadi.

Vaqti bo’yicha bu o’rtacha 1-2 davom etadi. Biroq, bu ko’rsatkichlar yetarlicha shartli. O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, turli mamlakatlarda jinsiy aloqaning o’rtacha davmoiyligi farqlanadi. Masalan, AQShda bu qiymat 13 daqiqa, Germaniyada esa 7 daqiqaga teng. Kasalliklar Xalqaro Tasnifining 10-chi reviziyasiga ko’ra (KXT-10), erta bo’shalish deb, har ikkala juft ham emotsional va fiziologik qoniqishga erishguniga qadar shaxvat otilishi holatiga aytiladi.

Jinsiy aloqada erta bo’shalish turlari

Jinsiy aloqada erta bo’shalishning sabablari

1. Olat boshining yuqori sezuvchanligi. Gap shundaki, aynan shu qismda nerv oxirlari joylashgan bo’ladi. Agar u yerda retseptorlar juda ko’p bo’lsa, tashqi qo’zg’atuvchilarga noto’g’ri reaktsiya yuzaga keladi. Natijada, erta bo’shalish kuzatiladi.

Bundan tashqari, yuqori sezuvchanlik ko’pincha jinsiy olatining patologiyasi tufayli yuzaga keladi: fimoz yoki olat boshning va kertmakning yallig’lanishi. Yuqori sezuvchanlikda har bir jinsiy yaqinlik davomiyligi bir xil bo’ladi, istisnolik spirtli ichimliklar ta’siri ostida yoki maxsus vositalardan foydalangan holda o’tadiganlari. Bundan tashqari, olatning yuqori sezuvchanligidan kelib chiqadigan tez bo’shalishning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Birinchidan, prezervativ jinsiy aloqa vaqtini uzaytiradi. Ikkinchidan, urug’ otilishi faqat olat kiritilgandan so’ng sodir bo’ladi.

2. Erta bo’shalishning psixogen omillar ko’pincha qo’rquvlar bo’ladi: kulgi bo’lish yoki hamrohini ko’nglini ololmaslik, birinchi jinsiy tajribada muvaffaqiyatsizlik, oldingi muvaffaqiyatsizliklar, nostandart sharoitlarda jinsiy aloqa, boshqalar sezib qolishi mumkinligi qo’rquvi. Oxirgi fobiya yoshlar orasida keng tarqalgan.

Katta erkaklarda erta bo’shalishning sababi zo’riqqan hayot ritmi va tez-tez stressli vaziyatlarga duch kelish bo’lishi mumkin. Ish joyidagi qiyinchiliklar, uyqusizlik, avtoprobkalar va boshqa qiyinchiliklar jiddiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Yaqin munosabatlardagi muammolar buni yanada og’rilashtiradi.

Bu yerda juftlarning o’zaro ziddiyatlarini keltirib o’tish ham mumkin. Oiladagi muammolar, tez-tez janjallar, ro’zg’or muammosi, xiyonat — bularning hammasi erta bo’shalish mexanizmini ishga tushiradi. Va, albatta, jinsiy aloqada erta bo’shanishning psixologik sabablari orasida yoshning kichikligi, ortiqcha ehtiroslanish va tartibsiz jinsiy hayot ham o’rin tutadi.

3. Erkaklar uchun eng xavfli bo’lgan organik sabablar:

Jinsiy aloqada erta bo’shalishning sabablari

Sabablari yuqori keltirilgan tez bo’shalish alomati bo’lib ko’pincha jinsiy yaqinlik davomiyligi xizmat qiladi — mutaxassislar uning davomiyligi 2 daqiqadan qisqa bo’lmasligi kerak deya ta’kidlashadi. Jinsiy aloqa vaqti o’zgarmasligi, bir safar ko’proq, ba’zida kamroq bo’lmasligi, aksincha har doim deyarli bir xil vaqt davom etishi kerak.

Bunda prezervativdan foydalanish yoki alkogolning ta’siri ostida jinsiy aloqda davomiyligi oshishi mumkin. Prolongativ lubrikantlardan foydalanishda ham shunday ta’sir kuzatiladi. Bundan tashqari, olatni kiritilishidan oldin eyakulyatsiya ham patologiya belgisi hisoblanadi. Agar kishida jinsiy aloqada erta bo’shalishning belgilaridan kamida ikkitasi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish lozim — bu muammoni davolash qancha erta boshlansa, u shunchalik muvaffaqiyatli yakunlanadi va kamroq psixologik va boshqa buzilishlarni chaqiradi.

Mutaxassis tez bo’shalish bo’yicha erkak va uning jinsiy hamrohi shikoyatlarini tinglashi kerak — buzilish sababini shifokor odatda aynan shunday suhbat davomida aniqlaydi. Ushbu tekshirish juda muhimdir, chunki jinsiy sohadagi buzilishlar ko’pincha boshqa kasalliklar belgisi hisoblanadi. Tekshiruvdan so’ng shifokor organizmda infektsiyalar mavjudligi yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan tahlillarga yo’nalish beradi.

Bundan tashqari, ultratovushli va rektal tekshiruvlar zarur bo’lishi mumkin. Ko’pgina hollarda tashxis qo’yish uchun lidokain yoki antidepressantli sinovlar qo’llaniladi. Birinchi holda, jinsiy olatning boshiga jinsiy aloqa boshlanishidan oldin sezuvchanlikni kamaytiradigan (anestetik) modda qo’llaniladi. Internetda va ixtisoslashgan forumlarda yozishlaricha, u har qanday shaklda — gel, aerozol va boshqalar bo’lishi mumkin.

Albatta, bu holda, jinsiy aloqada prezervativdan foydalanish kerak. Agar bu holda jinsiy aloqa davomiyligi oshsa, bu muammo sababi olat boshining yuqori sezuvchanligida bo’ladi. Antidepressantlar bilan sinovni o’tkazishda, jinsiy aloqadan oldin tegishli dori-darmonlar qabul qilinadi — bu jinsiy aloqada erta bo’shanishning psixologik sabablarini aniqlashga yordam beradi.

O'xshash maqolalar

Logo

Vatan Tibbiyot Markazi

Многопрофильная клиника

«Vatan Tibbiyot Markazi – это клиника, где трудится блестящая команда докторов. Мы очень хотим, чтобы жителям нашей страны стали доступны все достижения мировой медицины»